Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampni yoqtirmaydiganlarga beshta davlatga ketish tavsiya qilindi

Trampni yoqtirmaydiganlarga beshta davlatga ketish tavsiya qilindi

Amerikaning The Washington Post gazetasi Donald Tramp prezidentligi davrida mamlakatni tark etishni xohlovchi AQSh fuqarolari uchun tavsiyalarni chop etdi.

Qayd etilishicha, AQSh fuqarolari uchun eng mashhur yo‘nalishlar Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Irlandiya bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatlarning barchasida rasmiy til ingliz tilidir. Shu bilan birga, maqolada to‘liq huquqli muhojir bo‘lish juda qiyin va qimmat bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanadi.

Ta’kidlanishicha, muhojirlarga yordam ko‘rsatuvchi Expatsi kompaniyasining veb-saytidagi trafik AQSh saylovlari natijalari ma’lum bo‘lganidan keyin bir necha soat ichida oylik darajaga yetgan va bir necha kun ichida sotuvlar hajmi oshgani ma’lum bo‘ldi.

10 noyabr kuni Villa Vie Residences Donald Tramp prezidentligi davrida AQShdan tashqarida bo‘lishni xohlovchilar uchun dunyo bo‘ylab to‘rt yillik sayohatni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi. Villa Vie Residences kruiz kemasi salonining narxi kamida 266 ming dollarga tushadi. Trampdan norozilar sayohat vaqtida 140 ta davlatga tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring