Trampning nikohsiz farzandi bormi?

Nyu-Yorkdagi «Trump World Tower»ning sobiq eshik og‘asi Dino Sadjudin AQSh prezidenti Donald Trampning nikohsiz farzandi borligini ma’lum qildi. U bu xabarni «National Enquirer» nashriga 30 ming dollar evaziga sotgan. Nashr-ku bu ma’lumotni e’lon qilmadi, ammo shveysar bilan tuzilgan shartnoma haqidagi xabar OAVda yoyilib ketdi, deb yozadi «New York Post».
Kelishuv shundan iborat bo‘lganki, agar Sadjudin bu ma’lumotni yana kimgadir e’lon qilsa, yoki bitim haqda og‘iz ochsa, million dollar tovon to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Eshik og‘asi bu shartnomadan matbuot xabar topgani u uchun kutilmagan hol bo‘lganini aytmoqda.
Shveysarning «National Enquirer» nashriga ma’lum qilishicha, Donald Tramp va «Trump World Tower»ning xodimalaridan biri o‘rtasida ishqiy munosabat bo‘lgan va ularning bir farzandi bor. Ammo ayolning o‘zi bu ma’lumotni rad etmoqda.
«New York Post»ning ta’kidlashicha, Sadjudinga «National Enquirer» nashriga egalik qiluvchi «American Media» kompaniyasi pul to‘lagan. Mediakorporatsiya sohibi Devid Peker Amerika prezidentini o‘zining yaqin do‘sti ekanini ta’kidlaydi va uning sha’niga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan har qanday xabarga egalik qilish huquqini sotib olishga harakat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter