Trampning qarorlari Honda uchun juda qimmatga tushishi kutilmoqda

Honda kompaniyasi joriy moliya yilida Donald Trampning qarorlari tufayli o‘z foydasining 59 foizga pasayishini prognoz qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters.
“Yaponiyaning Honda Motor kompaniyasi joriy moliyaviy yil uchun foydaning 59 foizga pasayishini bashorat qilmoqda. Kompaniya AQSh prezidenti Donald Tramp tariflari bo‘yicha noaniqlik sharoitida Kanadada elektromobillar yetkazib berish tarmog‘ini qurish rejasini to‘xtatmoqchi”, — deyiladi nashr ma’lumotida.
Honda 2026-yil martida yakunlangan joriy moliyaviy yilda 500 milliard iyen (3,38 milliard dollar) foyda olishni kutmoqda, o‘tgan moliya yilida 1,21 trillion iyena foyda qilingan.
Shuningdek, Kompaniya Kanadada elektromobil ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha e’lon qilingan rejasini taxminan ikki yilga to‘xtatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter