Tug‘ilish kamayib, o‘lim ko‘paygan – Statistika agentligi
Joriy yilning 1-choragi uchun e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, vafot etish holatlari ko‘paygan.
Hisobot davrida, jumladan, 205 713 ta tug‘ilish holati qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga kamaygan.
Shuningdek, 3 oyda 40 197 ta vafot etish holati qayd etilgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga ko‘p.
Ushbu davrda mamlakat aholisi umumiy 165 516 nafarga ko‘paygan. O‘z navbatida tabiiy o‘sish koeffitsiyenti ham o‘tgan yilga qaraganda 1,8 foizga kamaygan.
Shu bilan birga, aholining o‘rtacha yoshi haqida berilgan raqamlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich oxirgi 10 yilda erkaklarda 27,3 yoshdan 28,5 yoshga, ayollarda esa 28,6 yoshdan 30 yoshga o‘zgargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter