Tuman tashkilotlari o‘zini «nazoratchi» deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q! — Prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlashicha, «Tuman tashkilotlari o‘zini «nazoratchi» deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q!».
Suv va kanalizatsiya xizmatidan tushgan mablag‘ning 10 foizi tumanlarda qolyapti. Lekin, zarur materiallar tayyor turmagani uchun 2-3 soatda hal bo‘ladigan avariyalar 4-5 kunga cho‘zilyapti. Qachon avariya bo‘lsa, keyin material sotib olinyapti.
Ta’kidlanishicha, Qumqo‘rg‘on tumani karantin bo‘limida 8 nafar inspektor faqat kamchilik bo‘yicha ko‘rsatma, eksportga sertifikat berish bilan shug‘ullanadi, fumigatsiya xizmatini ko‘rsatmaydi.
Ekologiya bo‘limi ham faqat daraxt kesishni nazorat qiladi, lekin «Yashil makon» doirasida qayerga qanday ko‘chat ekish, moliyaviy manbasi bo‘yicha taklif bermaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter