Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turistlar nega O‘zbekistonga tashrif buyurmaydi?

Turistlar nega O‘zbekistonga tashrif buyurmaydi?

Foto: «UzTV New York, Inc»

Bugungi kunda Turizm sohasining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichni ko‘plab Yevropa davlatlarida 10 foizdan ortishini kuzatish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov yurtimiz turizm sohasidagi kamchiliklarni qayd etar ekan, har kuni milliy aviakompaniyalardan 2000 dan ortiq sayyohlar tranzit maqsadida foydalanishini, ularning birortasi ham O‘zbekistonga kirib o‘tmasligini ma’lum qildi.

Xorijiy internet nashrlari orqali O‘zbekistonga tashrif buyurishni istayotgan sayyohlarning o‘zaro muhokamalarini kuzatar ekansiz, ularda asosan, aviareyslarning va mehmonxona narxlarinnig qimmatligi, mamlakatda ruyxatga turish masalalaridagi muammolar, servis darajalarinnig cheklangani va hamma joyda ham tasvirga olish ishlarida ruxsat berilmasligi, tungi ko‘ngilochar maskanlarning yo‘qligi haqidagi muhokamalarni o‘qish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring