Turk lirasi tarixiy minimumni yangiladi

Turkiya milliy valyutasi — lira qulashdan to‘xtamayapti. Lira qiymati tarixiy minimumga tushgani haqida «Kommersant» yozmoqda.
Sayyohlardan ko‘p pul ishlovchi mamlakat iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasidan katta talafot ko‘rdi — ishsizlik ko‘paygan, narx-navo tinmay oshyapti.
Hozirda 10 turk lirasi o‘rtacha 1 dollardan sotilmoqda. Turk lirasi hafta davomida 3,3 foizga, yil boshidan beri 25 foizga qadrsizlangan.
Inflyasiyani jilovlash uchun Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 19 foizgacha ko‘tardi, naf chiqmadi. Prezident Erdo‘g‘on so‘nggi ikki yilda Markaziy bankning uchta rahbarini almashtirdi, biroq narxlar yuqoriga, lira pastga ketishdan to‘xtagan emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter