Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada qo‘lga olinganlar haqida Bosh konsulxona qo‘shimcha ma’lumot berdi

Turkiyada qo‘lga olinganlar haqida Bosh konsulxona qo‘shimcha ma’lumot berdi

Turkiya ommaviy axborot vositalarida «fahsh baronessasi» ta’rifiga ega o‘zbek ayoli qo‘lga olingani haqida xabarlar keng tarqaldi.

Interpol qidiruvidagi 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi N.M. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan ayollarni Turkiyaga olib kelish va fohishaxonalarga sotish bilan shug‘ullangani qayd etilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, u xalqaro qidiruvda bo‘lgan va qo‘lga olingan yagona shaxs emas.

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024 yil boshidan uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan 8 nafar (T.X., F.N., R.M., N.M., R.B., Sh.A. va N.D.) O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingan. 

«Bular ichida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.M. ham bo‘lib, u «Xalqaro odam savdosi» jinoyati doirasida Turkiyaning Chanakkale viloyati hududida qo‘lga olingan. 

Hozirda har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi Istanbul Bosh konsulxonasi xabarida.

Bosh konsulxona jinoyatchilarga jazo muqarrar ekanligini, fuqarolarimizdan esa qonunlarga amal qilishni, firibgarlarga aldanmaslikni va o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring