Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning noyob xazinalari (foto)

Turkiyaning noyob xazinalari (foto)

Sharq va G‘arb to‘qnash kelgan bu qadimiy zamin kutilmagan xazinalarga boy bo‘lib, har qadamda tarix bilan yuzlashtiradi.

Afsonaning qalbida: Troya

Butun Turkiya bo‘ylab ko‘plab maftunkor qadimiy shaharlar bor, lekin eng mashhuri — YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Troyadir. Chanoqqal’adagi Kaz tog‘lari etagida joylashgan Troya ko‘plab tarixiy aholi punktlari va sivilizatsiyalarning vatani bo‘lgan.

Troya Gomerning qadimiy Iliada dostonida Troya urushi sodir bo‘lgan shahar bo‘lib, Yevropa Kengashi tomonidan ro‘yxatga olingan yagona madaniy yo‘l bo‘lgan Ayeneasning birinchi bekati hisoblanadi.

Troya muzeyi, qadimiy shaharning kirish qismida joylashgan va Yevropaning eng nufuzli muzeyshunoslik mukofotlari bilan taqdirlangan. Troya muzeyi Troya tarixi va madaniyatini mintaqada qazilgan artefaktlar va boshqa topilmalarning aniq va keng qamrovli namoyishi orqali yoritib beradi.

Ajoyib port shahri: Efes

Turkiyaning Egey mintaqasidagi yana bir mashhur qadimiy shahar 2015 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Efesdir.

Tarixdan oldingi davrdan to Usmonlilar davrigacha qariyb to‘qqiz ming yil davomida uzluksiz yashab kelgan Efes o‘zining gullagan davrida dunyoning eng yirik port shaharlaridan biri bo‘lgan va hozirda dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan arxeologik obidalaga ega. Qadimgi shahardagi binolar orasida Sels kutubxonasi va Turkiyadagi eng yirik, 30 000 tomoshabinga mo‘ljallangan yirik teatr, qadimgi dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri bo‘lgan Artemida ibodatxonasi xarobalari, Mazayeus va Mitridatlar darvozasi, Hadrian ibodatxonasi va terasli uylar...

O‘lmas shifo markazi: Hiyerapolis

Denizlidagi Pamukkale travertinlariga ulashgan Hiyerapolis, qadimgi davrlarda muhim shifo va salomatlik markazi bo‘lgan. Qadimgi shahar Pergamning afsonaviy asoschisi Telefosning rafiqasi Hiyera xotirasiga Hiyerapolis nomini oldi. Hiyerapolisning eng hayratlanarli inshootlari Rim vannalari va qadimgi teatrdir. Bundan tashqari, shaharning ustunlar va marmardan yasalgan qadimiy hovuzi ko‘pincha mehmonlar uchun ochiq bo‘lib, hovuzning iliq (36 daraja) suvida cho‘milishlari mumkin. Aytishlariga qaraganda, Misr qirolichasi Kleopatra ham shu suvdan bahramand bo‘lgan.

Shifobaxsh hovuzlardagi suvlar tinchlantiruvchi va sokinlashtiruvchi xususiyatga ega.

Ajoyib akustikaga ega qadimiy xazina: Aspendos

Dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan qadimiy teatrlardan biri Aspendosda joylashgan. Ko‘plab afsonalarni ilhomlantirgan shaharning ko‘p qavatli teatrining o‘ziga xos xususiyati — uning ajoyib akustikasidir.

Bu mohirlik bilan ishlab chiqilgan akustika vaqt sinovidan o‘tgan va bugungi kunda konsert va shoularga mezbonlik qilishda davom etmoqda.

Aspendos akveduklari shahardagi yana bir ajoyib inshoot bo‘lib, saqlanib qolgan qadimiy suv yo‘lining eng yaxshi namunalaridan biridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring