Turkmaniston Erondan kelgan o‘zbekistonliklarga gumanitar yordam ko‘rsatdi

Hozirgacha 120 ga yaqin fuqarolar Turkmaniston davlat chegarasini kesib o‘tgan.
Turkmaniston Erondan kelgan chet el fuqarolariga gumanitar yordam ko‘rsatmoqda, deya xabar berdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Aytilishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyatdan kelib chiqib, Turkmaniston zudlik bilan o‘z hududini Eron hududida bo‘lib turgan xorijiy diplomatlar va ularning oila a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolarga chiqish uchun taqdim etish choralarini ko‘rmoqda.
“Bugungi kunga qadar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlarning 120 nafarga yaqin fuqarolari Turkmaniston davlat chegarasini nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kelganlarga avtotransport, oziq-ovqat, mehmonxona, zarur vositalar ajratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter