Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga safari yakunlandi

Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston va Turkmaniston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Konsertda o‘zbek va turkman tilida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bu xalqlarimizning azaliy qardoshligi, madaniy yaqinligini yana bir bor namoyon etdi, ikki mamlakatning mumtoz va zamonaviy san’ati bilan keng tanishish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.
Shuning bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter