Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuxum Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytirishi ma’lum bo‘ldi

Tuxum Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytirishi ma’lum bo‘ldi

Amerikalik olimlar Alsgeymer kasalligiga qarshi kurashda tuxumning foydasini aniqlashdi.

Tuxumni muntazam iste’mol qilish kasallik xavfini deyarli yarmiga kamaytirishi mumkin. Bunday xulosaga tadqiqotchilar uzoq muddatli kognitiv tadqiqotda qatnashgan mingdan ortiq keksa odamlarning ma’lumotlarini tahlil qilgandan so‘ng kelishdi. 

Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 81 yoshni tashkil etdi. Kuzatishdan oldin ular ovqatlanish odatlari haqida so‘rovnoma o‘tkazishdi. Deyarli yetti yil davomida ularning 27 foizida Alsgeymer kasalligi aniqlangan. Olimlar haftasiga kamida ikkita tuxum iste’mol qilganlarda demans rivojlanish xavfi 47 foizga kamayganini aniqladilar. Shu bilan birga, 578 ishtirokchining o‘limidan so‘ng miya holati shuni ko‘rsatdiki, muntazam ravishda tuxum iste’mol qilganlarda Alsgeymer kasalligiga xos patologik belgilar kamroq bo‘lgan, deya xabar beradi The Journal of Nutrition. 

Tahlil shuni ko‘rsatdiki, himoya ta’sirining 39 foizi neyron funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan va tuxum sarig‘ida mavjud bo‘lgan xolin bilan bog‘liq. Xolindan tashqari, tuxumda ko‘p omega-3 yog‘ kislotalari va lutein ham mavjud. Ular miya salomatligi uchun zarurdir. 

 Olimlar, agar siz tuxumni kundalik ratsioningizga kiritsangiz, keksa odamlarda demans xavfini sezilarli darajada kamaytirishingiz mumkin degan xulosaga kelishdi. Bu usul xavfsiz va arzon. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring