Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch oyda 15 marta qoida buzgan haydovchidan salkam 5,5 mln. so‘m undirildi - MIB

Uch oyda 15 marta qoida buzgan haydovchidan salkam 5,5 mln. so‘m undirildi - MIB

Foto: Xabar.uz

Toshkentda uch oy nari-berisida fotoradar «bejagan» haydovchidan 5 mln. 400 ming so‘m undirildi. Qarzni undirish murakkab bo‘lmadi-yu ammo huquqbuzar topish uchun MIBning Yashnabod tuman bo‘limi ijrochisi ozroq ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.

To‘g‘ri, miqdor o‘pkasini qo‘ltiqlab yuradigan haydovchilar uchun ko‘pam vahimali bo‘lmasligi mumkin. Biroq yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik ayanchli oqibatlarga olib kelishi inkor etib bo‘lmas haqiqat. Masalaning xavotirli joyi shunda. Shunga qaramay yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari kamaymayotgani yo‘q. 

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) Toshkent shahar boshqarmasi matbuot kotibi Marg‘uba Amonovaga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida 309 ming  38 ta (73 mlrd. 312 mln. 100 ming so‘mlik) xuddi shunday ijro hujjatlari kelib tushgan. 

Shundan  hozirgacha 147 ming 197tasi tasi (33 mlrd. 752 mln. 600 ming so‘mlik) bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazilgan, qolganlarini ham undirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda...

Raqamlar katta? To‘g‘ri, shunday.  Chunki ular orasida o‘tgan yilgi qoldiq ishlar ham bor-da... ikkinchidan, qarzdordan bir so‘m undirish oson bo‘ptimi?! 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring