Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchqun Quranbayev bronza medali sohibi bo‘ldi

Uchqun Quranbayev bronza medali sohibi bo‘ldi

Foto: Olympic.uz

Uchqun Quranboyev Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi

Para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Uchqun Quranboyev Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. J2 klassining -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda kurashgan yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun bahsda janubiy koreyalik Dongxun Kimni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali sohibiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Quranboyev Tokio tatamilarida kechgan Paralimpiya bahslarida oltin medalga ega chiqqan edi.

Shuning bilan, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring