Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta kitob taqdim etildi

Uchta kitob taqdim etildi

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  tarixi, rivojlanish bosqichlari va  bugungi kundagi faoliyatiga oid uchta kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi: zamon bilan hamqadam» nomli kitob-albomi O‘zMTRKning tarixi va bugungi kundagi faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan, tarixiy fotosuratlar va aniq fakt va raqamlar yordamida tizimdagi teleradiokanallar va korxonalarning rivojlanish bosqichlari, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar aks etgan.

«Televideniye mening taqdirimda» nomli ilmiy-ommobop to‘plamda o‘zbek teleradiojurnalistikasi tarixi va buguniga oid turkum maqolalar, shuningdek, esse, ocherk va badialar jamlangan.  O‘zMTRK tizimida faoliyat olib borgan ustoz jurnalist va rejissyorlar, tasvirchi va prodyusserlar, shuningdek, texnik xodimlarning go‘zal xotiralari o‘rin olgan.

«Radio va televideniye» nomli kitobda teleradio jurnalistikasining tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, janr xususiyatlari hamda o‘z davrida mazkur sohaga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan jurnalist, rejissyor, diktor-boshlovchilar hayoti va ijodi, shuningdek, bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat teleradiokanallar haqida so‘z boradi. Kitob kirish va 5 asosiy bobdan iborat. Unda yurtimizda radioning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari va radiokanallarning bugungi faoliyati batafsil tahlil etilgan.

So‘z olganlar mazkur kitoblarning ahamiyati juda yuqori ekanini e’tirof etishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring