Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soqol o‘ta jiddiy kasallik xavfini kamaytiradi

Soqol o‘ta jiddiy kasallik xavfini kamaytiradi

Foto: unsplash.com

Yuzda tuklarning bo‘lishi saraton va quyoshda kuyish xavfini kamaytiradi. Chunki soqol ultrabinafsha nurlarning teriga tushishi oldini oladi, dedi jarroh va Sanderlend universiteti professori Karan Rangarjan. Shuningdek, u soqolli erkaklar bakterial infeksiyalarga kamroq moyil bo‘lishini aniqladi, deb yozadi Live 24.

Ultrabinafsha nurlarning tukli qoplama oralab kirib borishi qiyin. Shu bois sochini kalga oldirib yurishni yoqtiradigan erkaklarga issiq havoda doimo bosh kiyim kiyish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, Rangarjonning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, «soqoli qirilgan yuz xavfli metitsillin-rezistentli oltinsimon stafilokokk bakteriyasiga uch barobar ko‘proq duch kelishi» aniqlangan.

Ushbu mikroorganizm eng ko‘p ishlatiladigan antibiotiklarga ham chidamli. Ya’ni undan qutulish ancha qiyin. Bundan tashqari, soqol olishda odamlar yuzning terisida kichik jarohatlar qoldiradi. Ular orqali turli patogenlar tanaga kirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring