Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina AQSh manfaatlarini ko‘zlab Yaqin Sharqqa dronlar yubordi

Ukraina AQSh manfaatlarini ko‘zlab Yaqin Sharqqa dronlar yubordi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Iordaniyada joylashgan AQSh harbiy bazasini himoya qilish uchun dronlar va mutaxassislar yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda u The New York Times nashriga bergan intervyusida aytdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomoni ushbu masalada yordam so‘rab murojaat qilgan. Ukraina esa dronlar va ularni boshqarish bo‘yicha mutaxassislar guruhini jo‘natgan.

«AQSh bizga payshanba kuni murojaat qilgan edi, mutaxassislar guruhi esa ertasi kuniyoq yo‘lga chiqdi», – dedi Ukraina prezidenti.

Nashrning yozishicha, Vashington hozircha Ukrainadan yordam so‘ralgani haqida rasmiy izoh bermagan.

The New York Times nashrining ta’kidlashicha, AQSh va Isroilning Eron bilan to‘qnashuvi xalqaro hamjamiyat diqqatini Ukrainadagi urushdan chalg‘itishi mumkin. Biroq ayni paytda bu Kiyev uchun yangi imkoniyatlar ham yaratadi.

Ukraina Yaqin Sharqdagi AQSh va uning ittifoqchilarini Eronning zarbali dronlaridan himoya qilishda o‘z tajribasi va texnologiyalarini taklif qilgan.

Ma’lumki, Rossiya Ukrainada bir necha yildan beri Eron ishlab chiqargan zarbali dronlardan foydalanib kelmoqda. Shu sababli Ukraina bu turdagi tahdidlarga qarshi kurashda katta tajriba orttirgan.

Nashrga ko‘ra, Kiyev bu orqali AQSh vositachiligidagi tinchlik muzokaralarida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga umid qilmoqda.

Ayni paytda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar ma’lum darajada tarangligicha qolmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda Zelenskiyni Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishishda asosiy to‘siqlardan biri deb atagan edi.

Zelenskiy esa Ukraina Yaqin Sharq davlatlariga yordam berish orqali diplomatik qo‘llab-quvvatlov olishni istayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqadagi ayrim davlatlar Rossiya bilan mustahkam aloqalarga ega.

Shu bilan birga, u Eron bilan bog‘liq mojaro Ukraina uchun zarur bo‘lgan mudofaa qurollarini yetkazib berish jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etdi. Kiyev o‘z dronlarini boshqa zamonaviy havo mudofaa tizimlariga almashtirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring