Ukraina droni Buxoro-Moskva reysiga urilib ketishi oz qolgani haqidagi xabar rad qilindi
Bugun, 10-noyabr kuni Mash telegram kanali Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Moskva osmonida O‘zbekistondan Sheremetevoga uchayotgan «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 samolyotini urib tushirishga sal qolgani haqidagi xabarni tarqatdi.
«Samolyot mahalliy vaqt bilan 9:37 da qo‘nishni amalga oshirishi kerak edi. Uchuvchi so‘nggi lahzada radarlarda dronni payqab qolgan va uchuvchisiz uchoq bilan to‘qnashib ketishiga oz qolgan. Samolyot Sheremetevoga qo‘ndi, shundan so‘ng qolgan 8 ta samolyot muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi», – deb yozgandi Mash telegram kanali.
Bir muddat o‘tib, «Aeroflot» aviakompaniyasi yuqoridagi xabarni rad etib, aviakompaniyaning SU1877 Buxoro - Moskva reysi 10-noyabr kuni rejali qo‘nishni yakunlaganini ma’lum qildi.
«Samolyot qo‘mondoni noma’lum uchoqlar aniqlangani haqida xabar bermadi va ular radarlarda ham ko‘rinmadi», – deya qo‘shimcha qiladi aviakompaniya o‘z munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter