Ukraina harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga uzaytiradi

Zelenskiy Ukraina Oliy Radasiga harbiy holat va safarbarlikni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini taqdim etdi.
Qonun loyihalari Oliy Rada veb-saytida e’lon qilingan (1, 2). Unda mamlakatda harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga uzaytirish rejalashtirilgan. Amaldagi qonun 18 aprelda imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra harbiy holat 6 avgustda tugaydi.
Ma’lumot uchun, harbiy holat davrida Ukrainada saylovlar o‘tkazilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter