Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga uzaytiradi

Ukraina harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga uzaytiradi

Zelenskiy Ukraina Oliy Radasiga harbiy holat va safarbarlikni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini taqdim etdi.

Qonun loyihalari Oliy Rada veb-saytida e’lon qilingan (1, 2). Unda mamlakatda harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga uzaytirish rejalashtirilgan. Amaldagi qonun 18 aprelda imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra harbiy holat 6 avgustda tugaydi.

Ma’lumot uchun, harbiy holat davrida Ukrainada saylovlar o‘tkazilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring