Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Rossiya birinchi navbatda bosib olishga urinadigan shahar nomini tilga oldi

Zelenskiy Rossiya birinchi navbatda bosib olishga urinadigan shahar nomini tilga oldi

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «The Washington Post»ga bergan intervyusida anchayin dadil bayonotlar qildi.

Uning aytishicha, Rossiyaning Xarkovni egallashga urinishi bilan yirik ko‘lamdagi harbiy muhorabalar boshlanadi.

«Ukraina hukumati nazoratining ostidagi Xarkov bosib olinishi mumkin. Rossiyaga bahona kerak: rusiyzabon aholini himoya qilyapmiz deyishadi», — ta’kidladi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina «Qrimning okkupatsiya va anneksiyasi»dan so‘ng, «bu amalga oshishi mumkin»ligini tushunadi.

Zelenskiyning fikricha, quruqlikdagi aloqani yaxshilash va suv ta’minotiga erishish uchun Qrim shimolidagi hududlarni bosib olish urushning yana bir ssenariysi bo‘lishi mumkin.

2021-yilning oxirlaridan buyon g‘arb matbuoti «Rossiya Ukrainani bosib olishga tayyorlanayotgani» haqida tashvishli xabarlarni ko‘p yozmoqda. Rossiya qo‘shinlari Ukraina chegaralariga yaqin keltirilishi natijasida NATO tezkor javob berish kuchlari jangovar holatini kuchaytirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring