Ukraina Putinning tashabbusiga javob qaytardi

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya rahbari Vladimir Putinning o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusiga izoh berdi.
Unda aytilishicha, "agar Rossiya tinchlikni istasa, darhol o‘t ochishni to‘xtatishi kerak”.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmog‘ida Vladimir Putinning Rossiya 8-maydan boshlab harbiy amaliyotlarni uch kunga to‘xtatgani haqidagi bayonotiga izoh berdi.
“Agar Rossiya tinchlik istasa, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishi kerak”, deb yozadi Sibiga.
"Nega 8-maygacha kutish kerak?" — so‘radi u va Ukraina “uzoq muddatli va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni” qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Putin g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter