Ukrainaning tuzli zamini — Soledar urushgacha va so‘ng (foto)
Maxar kompaniyasi Ukrainadagi Soledar shahrining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini e’lon qildi.
Urushdan qanday iz qoladi? Suratlarga qaraymiz, izohga til bormaydi.
Shahardan nom-nishon qolmagan. Vayronalar... Soledar so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi eng olovli jang maydonlaridan biriga aylangandi.
Ma’lumot uchun: Soledar (ukr. Soledar; 1965–1991-yillarda — Karlo-Libknextovsk) — Ukrainaning Donetsk viloyati Baxmut tumanida joylashgan shahar. Hozirgi shahar o‘rnida XVII asrda Bryansevka (Belouspenovka) qishlog‘i bo‘lgan. Kazaklar yashagan qishloq asosan tuz tayyorlash bilan shug‘ullangan (hozirgi nomi shundan). 1965-yilda shahar maqomini olgan. Aholisi — 10 490 kishi (2022-yilgi ma’lumot).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter