Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulkan mamlakatning ulkan muammosi: karantin sabab 122 million kishi ishsiz qoldi — Hindiston

Ulkan mamlakatning ulkan muammosi: karantin sabab 122 million kishi ishsiz qoldi — Hindiston

Foto: EPA / UPG

Hindistonda joriy etilgan karantin cheklovlari bois 122 mln. kishi ishsiz qoldi, deb yozmoqda «Korrespondent».

Mamlakat iqtisodiyot monitoringi markazi Hindistonda ishsizlik darajasi o‘ta yuqori — 27,1 foizga chiqqanini ma’lum qildi. agar solishtiriladigan bo‘lsa, bu AQShdagidan to‘rt baravar ko‘p.

Hindiston karantinga 25-mart kunidan kirgandi. Buning ortidan millionlab aholi ishsiz qoldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 43 ming nafardan oshgan, qurbonlar soni — 1 787 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring