Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umid Obidxo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

Umid Obidxo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga direktor tayinlandi.

Umid Obidxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Tashqi aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki institutining Infrastruktura investitsiyalari bo‘yicha ilmiy xodimi Yaponiyadagi Keio universitetida iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qilish guruhi rahbari vazifasini vaqtincha bajarib, tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring