«Umra» ziyoratini amalga oshirish litsenziyasiga ega turoperatorlar yana ikkitaga ko‘paydi

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 935-sonli Qonunida «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilangan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishida ziyoratchilarga amallarni munosib va xavfsiz bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sifatli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishiga mas’ul tashkilot hisoblanadi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish bo‘yicha Tanlov komissiyasi tomonidan «Centrum holidays» MChJ (Toshkent shahri) va «Buxoro umra jamiyati» MChJ (Buxoro viloyati) tadbirkorlik sub’yektlariga maxsus litsenziya berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga litsenziya olgan tadbirkorlik sub’yektlari reyestri ochiq ma’lumot sifatida doimiy ravishda yangilanib borishi bildiriladi.
Ogoh bo‘ling! «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter