Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Universitet ko‘chasidagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Universitet ko‘chasidagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Avvalroq Toshkent davlat texnika universiteti hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar qilingandi. Hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:03 da qurshab olindi va soat 14:09 da batamom o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring