Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganch xalqaro aeroporti rejadagidan avvalroq ochiladi

Urganch xalqaro aeroporti rejadagidan avvalroq ochiladi

Urganch xalqaro aeroporti 2024 yil 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da o‘z faoliyatini tiklaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlandi.

Qayd etilishicha, ikki hafta ichida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, uzunligi 3000 m va eni 45 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi almashtirildi va mustahkamlandi, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlandi.

Bu aeroportga Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish, o‘z navbatida, Urganch shahriga reyslar soni hamda yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring