Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchda voyaga yetmagan ikki qiz ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini tashlagan

Urganchda voyaga yetmagan ikki qiz ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini tashlagan

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki qizning 7 qavatli uy tomi ustida bir-birini quchoqlagan holatda o‘zlarini pastga tashlagani aks etgan videolavha tarqtaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga vaziyatning ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismiga 2025 yilning 7 iyul kuni soat 08:15 larda Urganch shahar, «Nurli hayot» ko‘chasi, 20-uy manzilida joylashgan yetti qavatli uyning tomidan 2 nafar qiz o‘zlarini pastga tashlab, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan.

O‘tkazilgan tekshiruvda, o‘z joniga qasd qilgan ayol jinsiga mansub fuqarolardan biri 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.D., ikkinchisi esa 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B.S. ekanliklari aniqlangan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, suitsid hayotda uchraydigan muammolarning yechimi emas. Balki u mas’uliyatdan qochishdir. Jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va shaxs sifatida kamol topgan (topayotgan) avlod bu kabi illatlarni rad etadi va mas’uliyatsizlik qilmaydi.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring