«Uzbekistan Airways» Airbus samolyotlari uchun dasturiy ta’minotni modifikatsiya qildi
«Uzbekistan Airways» Airbus A320, Airbus A321 ceo hamda neo turkumidagi butun parkda parvozni boshqarish tizimi dasturiy ta’minoti modifikatsiya qilinganini bildirdi. Ushbu chora Airbus konsernining favqulodda ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshirilgan.
Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi 2025-yil 28-noyabrda quyosh radiatsiyasining kuchayishi oqibatida apparat ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zaifliklarning oldini olish maqsadida elektron uchishni boshqarish majmuasi dasturiy ta’minot talqinini almashtirish talabini kiritgan edi.
Kompaniya rasmiy xabarida aytilishicha, ko‘rsatmadan so‘ng mutaxassislar bir soat ichida reja ishlab chiqdi va modifikatsiya aviakompaniya ekspluatatsiya qilayotgan barcha A320/321 ceo/neo samolyotlarida bajarildi.
Barcha havo kemalarida dasturiy ta’minot yangilanish jarayonining to‘liq yakunlanishi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter