Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Airways» ertadan Toshkent – Pekin – Toshkent parvozlarini tiklaydi

«Uzbekistan Airways» ertadan Toshkent – Pekin – Toshkent parvozlarini tiklaydi

«Uzbekistan Airways» telegram-kanalida xabar berilishicha, ertaga, 10-yanvardan boshlab kompaniya Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshiradi.

Xitoyga kirish uchun yo‘lovchilarga viza va amal qilish muddati 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan PZR-test natijasi kerak bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Kecha Xitoyda 2020-yil martida koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan cheklov bekor qilingan, mamlakat chegaralari xorijlik sayyohlar uchun ochilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring