Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzoq umr ko‘rish siri oddiy kundalik mashg‘ulotda topildi — o‘qing!

Uzoq umr ko‘rish siri oddiy kundalik mashg‘ulotda topildi — o‘qing!

Foto: «Depositphotos»

Uzoq yashash ko‘p narsalarga, xususan, genlar, to‘g‘ri ovqatlanish va turmush tarzi kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Biroq yaqinda yakuniga yetgan uzoq yillik tadqiqotga ishonadigan bo‘lsak, bularning qatoriga oddiy, biroq juda foydali bir mashg‘ulot-odatni ham qo‘shib qo‘ysak bo‘ladi.

«Express» yozishicha, bu yerda gap o‘qish — mutolaa haqida boryapti. 12 yil davom etgan tadqiqot doirasida mutaxassislar 2,6 ming nafardan ziyod pensionerni o‘rganishgan. Olingan ma’lumotlar asosida ularni uch toifaga ajratishgan: umuman kitob o‘qimaydiganlar, haftasiga 2,5 soatdan ortiq hamda 3,5 soatgacha mutolaa qiladiganlar.

Natijalar qiziq: kitob o‘qimaydiganlarga nisbatan o‘qiydiganlar orasida umr ko‘rish davomiyligi qariyb ikki yilgacha ko‘proq. Kamiga, mutolaa qiluvchilar orasida o‘lim xavfi ehtimoli 20 foiz pastroq, ta’kidlashmoqda olimlar.

O‘zaro solishtirilganda: haftasiga 3,5 soat vaqtini kitobga ajratuvchilar orasida o‘lim xavfi ehtimoli kitob o‘qimaydiganlarga nisbatan 17 foiz pastroq. Eng ashaddiy kitobxonlar orasida shu 12 yil davomida o‘lim ehtimoli 23 foizga kamaygan.

Nimani o‘qishga ham e’tibor bering! Uzoq umr ko‘rishga nomzodlar gazetxon-jurnalxonlar emas, balki kitobsevarlar orasidan ko‘proq chiqarkan. Olimlar bu holatni kitob o‘qish odamning diqqatini ko‘proq jamlashi bilan bog‘lashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring