Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzTest Buxoro filialidagi o‘g‘rilik holatini tasdiqladi

UzTest Buxoro filialidagi o‘g‘rilik holatini tasdiqladi

Bir muddat oldin UzTest Buxoro viloyati hududiy filialida ayrim turdagi sinov va o‘lchash uskunalari o‘g‘rilab ketilgani haqida xabar berilgan edi. 

«O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi», davlat muassasasi ushbu holatni tasdiqlab, haqiqatan ham filialda qiymati 150 million so‘mlik «Tormoznoy stend» sinov uskunasi hamda 250 million so‘mlik gazballonlarni o‘lchash vositalari o‘g‘irlanganini bildirdi.

«Holat, aslida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Komplayens nazorat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan bo‘lib, bu haqda darhol hujjatlar 2024-yil noyabr oyida Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilib, aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy munosabatda.

O‘z navbatida, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida (UzTest) 6 mlrd so‘m mablag‘ni maqsadsiz sarflab yuborilgani haqidagi xabar rad qilinib, uning «haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va mutlaqo asossiz» ekani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring