Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etganlar soni keskin ko‘paydi

Qozog‘istonda COVID-19 qurbonlari soni 396 nafardan 464 nafarga ko‘paydi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy.
14-iyul kuni Soy Qozog‘istonda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 396 nafarga yetganini ma’lum qilgandi.
«Qozog‘istonda 66 895 kishi COVID-19 ni yuqtirgan, ulardan 26 175 nafari davolanmoqda, 40 256 kishi shifoxonadan tuzalib chiqqan, 464 kishi hayotdan ko‘z yumdi», — degandi Soy.
Uning ta’kidlashicha, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashib, kuniga o‘rtacha 1,7-1,8 ming kishida aniqlanmoqda.
Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumatga kasallanish, jumladan, pnevmoniya bilan bog‘liq statistikani aniqlashni topshirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, naqadar ayanchli bo‘lmasin, pandemiya bilan bog‘liq barcha ma’lumotlardan keng jamoatchilik xabardor bo‘lishi darkor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida Qozog‘istonda pnevmoniya bilan bog‘liq 98,5 mingta holat qayd etildi. 2019-yilning birinchi yarmida 64 mingta holat aniqlangandi. Boz ustiga, qariyb 56 mingta pnevmoniya holati 1 — 8-iyul kunlari ro‘yxatga olingan.
Qozog‘iston 1-avgustdan boshlab laboratoriyada tasdiqlangan koronavirus holatlari hamda COVID-19 ga o‘xshash alomatlari bo‘lgan pnevmoniya bilan kasallanish statistikasini umumlashtirmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter