Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada ommaviy ravishda mashinalarga o‘t qo‘yilmoqda

Shvetsiyada ommaviy ravishda mashinalarga o‘t qo‘yilmoqda

Foto: «AA.com»

Shvetsiyaning turli shaharlarida niqob kiygan yoshlar 97 ta avtomobilga o‘t qo‘ydi, deb xabar qilmoqda «Haberler.com».

Gyoteborg shahrida noma’lum kishilar 80 ta avtomobilni, Stokgolmda – yettita, Uppsalda – oltita, Malmyo va Helsingborgda – ikkita avtomobilni yoqib yuborishgan.

Gyoteborg politsiyasi boshlig‘i Klayes Daxlstremning xabar berishicha, avtomobillar yaqinida toshlar va pirotexnika vositalari topilgan.

Ushbu hodisalar oqibatida hech kim jabrlanmagan. Politsiya bezorilarni topish va qo‘lga olish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven bo‘lgan voqealardan juda afsusda ekanini bildirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring