Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piskentda ko‘prik yuk mashinasini ko‘tara olmadi

Piskentda ko‘prik yuk mashinasini ko‘tara olmadi

Foto: UzNews.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Piskent tumanidagi ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi

Unga ko‘ra, 2 oktyabr kuni soat 20:00 larda 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Howo yuk mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda ko‘prik o‘pirilgan. Oqibatda yuk mashinasining tirkamasi kanalga tushib ketgan.

YTH sodir bo‘lgan vaqtda ko‘prikda fuqarolar bo‘lmagan. Haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan tegishli organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring