Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Omikron: JSST Janubiy Afrika Respublikasini maqtadi

Omikron: JSST Janubiy Afrika Respublikasini maqtadi

Foto: «Reuters.com»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi «Omikron» shtammi tarqalishi sababli janubiy Afrika mamlakatlari uchun chegaralarni yopmaslikni so‘radi.

JSSTning Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Matshidiso Moeti mamlakatlar sayohat cheklovlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ilmiy va xalqaro sog‘liqni saqlash standartlariga rioya qilishlari kerakligini aytdi, deya xabar beradi Associated Press.

«Bordi-yu cheklovlar joriy etiladigan bo‘lsa, ular haddan tashqari bo‘lmasligi, 190 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalariga muvofiq ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak», – dedi Moeti.

U, shuningdek, Janubiy Afrika Respublikasini (JAR) xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya qilgani va milliy laboratoriyasi «Omikron» variantini topishi bilanoq JSSTga xabar bergani uchun maqtadi.

Shunga qaramay, Isroil ikki haftaga chet elliklar uchun yopildi. Bir qator davlatlar esa Janubiy Afrika mintaqasi bilan aloqalarni chekladi.

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Matamela Siril Ramafosa bu cheklovlarni «butunlay asossiz» ekanligini aytgan.

«Safarni taqiqlash ilmiy asoslanmadi va bu shtamm tarqalishining oldini olishda samarali bo‘lmaydi. Sayohatni taqiqlash faqat iqtisodiyotga qo‘shimcha zarar keltiradi», – dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring