Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol qoidalari o‘zgardi: darvozabonlarga «imtiyoz», murabbiylarga «qizil»...

Futbol qoidalari o‘zgardi: darvozabonlarga «imtiyoz», murabbiylarga «qizil»...

Foto: «Chempionat»

Xalqaro futbol uyushmalari assotsiatsiyasining navbatdagi yig‘ilishida futbolga bir qator muhim qoidalar kiritildi. Ekspertlar ayrim qoidalarni tuzatib, muammoli ba’zi masalalarga aniqlik kiritib oldishdi.

O‘zgarishlar ro‘yxati:

  • Urilgan golga ta’siri bo‘lgan qo‘lda o‘ynash jazolanadi — atayinmi yo bexosdanmi, farqi yo‘q.
  • Zaxiraga maydonning istalgan chetidan chiqib ketish mumkin. Endi butun maydonni kesib o‘tish shart emas.
  • Jarima tepilayotganida hujum chizig‘i o‘yinchilari devorga qo‘yilmaydi. Bu raqib o‘yinchilari bilan turtkilashlarning oldini olish uchun ko‘rilgan chora.
  • Darvozadan tepiladigan to‘p endi faqat jarima maydonining ichkarisida o‘rnatiladi.
  • O‘n bir metrli zarba tepilayotganida darvozabonlarga darvoza chizig‘ida ilgaridek ikki oyoqda emas, bir oyoqda turishga ham ruxsat beriladi.
  • O‘yin payti to‘p hakamga kelib tegsa bahsli to‘p o‘ynaladi. Hozirgacha bunga amal qilinmayotgandi.
  • Sariq va qizil kartochkalar endi murabbiylarga ham ko‘rsatiladi. Odatda ular og‘zaki yoki ishora bilan jazolanayotgandi.

Bu o‘zgarishlar 2019-yilning 1-iyunidan kuchga kiradi. Ya’ni kelgusi mavsumdan o‘zgarishlarga guvoh bo‘lamiz.

Bu o‘zgarishlar qo‘llangan ilk o‘yinlarni esa Portugaliyada 5 — 9-iyun kuni o‘tkaziladigan Millatlar ligasi finalida ko‘rishimiz mumkin. Asosiy sovrin uchun Angliya, Gollandiya, Shveysariya va Portugaliya terma jamoalari kuch sinashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring