Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina olmagan o‘zbekistonliklar Rossiyaga qay tartibda kiritiladi?

Vaksina olmagan o‘zbekistonliklar Rossiyaga qay tartibda kiritiladi?

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda aholidan kelgan savollarga javob berdi. 

Turmush o‘rtog‘im koronavirus infeksiyasiga qarshi umuman vaksina olmagan. U joriy yil 25-avgust kuni Rossiya Federatsiyasiga uchib ketishi lozim. Aytingchi, turmush o‘rtog‘im aeroportda hech qanday to‘siq yoki muammoga duch kelmaydimi?

Bugungi kunda COVID-19 infeksiyasidan himoyalanish uchun har bir mamlakat o‘z tartib-qoidalarini ishlab chiqmoqda. Aytish lozimki, bunday tartib yurtimizda ham o‘rnatilgan bo‘lib, bu – xalqimizni koronavirus infeksiyasidan himoya qilishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi.

Shu ma’noda, agar turmush o‘rtog‘ingiz hozirgacha vaksina olib ulgurmagan bo‘lsa, u ayni paytda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston fuqarolariga qo‘yilgan talablari asosida ushbu davlatga kiritiladi. Ya’ni bugungi kunda mazkur mamlakatga kiruvchi O‘zbekiston fuqarolari COVID-19ga qarshi to‘liq emlangan yoki kasallanib, antitanachalar hosil qilgan bo‘lsa, PZR-test topshirishi shart bo‘lmaydi va ular joriy yil 11-iyunda Rossiyada o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, vaksina olganlik sertifikati yoki kasallanib chiqqandan keyingi ma’lumotnoma bilan ushbu davlatga kira oladilar. Vaksina olmagan yoki kasallanib, antitanachalar hosil qilmagan fuqarolar esa 5 kun davomida 2 marta PZR-test natijasi manfiy chiqqan taqdirdagina Rossiya Federatsiyasiga kiritiladi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasida o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, joriy yil 1 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolari «Puteshestvuyu bez COVID-19» nomli mobil dasturdan ro‘yxatdan o‘tishlari va ushbu mamlakatga kirishdan 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda topshirilgan PZR-test natijasi oldindan kiritilishi va ushbu mobil dastur orqali bu holat tahlilidan so‘ng mazkur davlatga kirishga ruxsat etilishi yoki yo‘qligi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring