Vaqtingizni yo‘lda emas, yaqinlaringiz bilan o‘tkazing. Transport xizmatlarini esa my.gov.uzga qo‘yib bering!
Soat millari 18:30 ni ko‘rsatmoqda. Zafar doimgidek mashinasining rulini mahkam qisgancha navbatdagi kilometrlik tirbanlikda (probkada) turibdi. Atrofda esa yuzlab mashinalarning signallari, toqatsiz haydovchilar va uyga shoshayotgan odamlar.
Zafarning bugungi kuni omadsiz boshlandi, eskirib qolgan haydovchilik guvohnomasini yangilash muddati ham aynan bugun tugayapti. Ustiga-ustak kechqurun ukasiga mashinani haydash uchun zudlik bilan ishonchnoma (doverennost) berishi kerak.
Ulgurmayman, — deb o‘yladi u asabiylashib soatiga qararkan. Chunki uning hayotidagi eng katta tanqislik bu vaqt edi.
Uzoq kutishdan charchagan Zafar mashinasini yo‘l chetiga to‘xtatib, telefonini qo‘lga oldi. Ijtimoiy tarmoqlarni varaqlayotib, my.gov.uz portali haqidagi lavhaga ko‘zi tushdi va o‘zicha sinab ko‘rish uchun MyGov mobil ilovasini yuklab oldi.
Atigi 15 daqiqa ichida Zafarning hayotida haqiqiy raqamli mo‘jiza yuz berdi, yo‘riqnoma yordamida transport bo‘limiga kirib, ishonchnoma muammosi hal qildi. Natijada notarius qidirib, navbatda turishdan qutuldi. Elektron ishonchnomani ukasining nomiga bir necha tugmani bosish orqali onlayn rasmiylashtirdi.
Haydovchilik guvohnomasini yangilashga ham onlayn buyurtma berdi, hatto tayyor bo‘lgach, Davlat xizmatlari markazidan olib ketishga erinib qolishini bilgani uchun pochta orqali uyiga buyurtma qilishni ko‘zlab qo‘ydi.
— Iya, jarima kimniki? Ertalabki radar uniki emas, mashinani haydab chiqqan do‘stiniki edi. Zafar javobgarlikni boshqa shaxsga o‘tkazish xizmati orqali jarimani haqiqatda mashinani boshqargan odamning nomiga rasmiylashtirdi va ayni paytda o‘zining jarima ballarini tekshirib, xotirjam bo‘ldi.
Shuningdek, u yozning issiq kunlari kelayotganini o‘ylab, mashinasining oynalarini qoraytirish (tonirovka) uchun ham masofadan turib, bir necha daqiqada qonuniy ruxsatnoma oldi.
Ilovaning qulayligi Zafarni shunchalik maftun qildiki, u yaqin kunlarda sotib olmoqchi bo‘lgan yangi mashinasini ham shu yerning o‘zida tekshirib olishga qaror qildi.
Mashinaga taqiq bor-yo‘qligini bilish uchun avto taqiqini tekshirish xizmatidan foydalandi, o‘zi umid qilgan chiroyli raqam maqomini avtoraqam zaxirasi orqali ko‘rib chiqdi. Bu ham yetmagandek, kelgusida shaharda bemalol harakatlanish uchun ekologik stiker olishga ham ariza tashladi.
Oradan bir soat o‘tib, tirbandliklar biroz kamaygach Zafar uyining ostonasidan hatladi. Uni sevimli rafiqasi va farzandlari kutib olishdi. U bugun juda charchagan bo‘lsa-da, yuzida tabassum bor edi. Chunki u bugun eng qimmatli narsani — o‘z vaqtini asrab qolgandi.
Qimmatli vaqtimizni navbatlarda emas, oila va yaqinlarimiz davrasida o‘tkazishga nima yetsin. my.gov.uz — zamonaviy haydovchilarning eng ishonchli raqamli yordamchisi!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter