Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga jamlanadi

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga jamlanadi

Davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar samaradorligini oshirish orqali aholi farovonligini ta’minlash va «mobil boshqaruv apparati»ni yaratish maqsadida 2022–2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida quyidagilar ustuvor yo‘nalish hisoblanadi:

davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash;

takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish;

rahbar o‘rinbosarlarining yo‘nalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash;

vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish;

boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini to‘liq raqamlashtirish;

«Ochiq idora» loyihasini amalga oshirish;

davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish;

vazirlik va idoralarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga o‘tkazish;

tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarini bitta ma’muriy binoga joylashtirish

orqali aholiga «Yagona darcha» tizimi asosida xizmat ko‘rsatish;

kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni to‘liq joriy qilish;

o‘z ustida ishlamaydigan va mas’uliyati bo‘lmagan kadrlarga nisbatan «jamoaviy ta’sir»ni amalga oshirish;

vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish;

davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish;

tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda o‘tkazish tizimini takomillashtirish;

xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish;

mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish;

hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilashdan iborat bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring