VEON AdTech kompaniyasi «Elektron hukumat» tizimi markazi xizmatlaridan foydalanishni boshladi
Joriy yilning 4-may kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda VEON AdTech kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Kelishuvga muvofiq VEON Group kompaniyasi «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlarini qayta ishlash markazi resurslaridan yangi VEON AdTech bo‘linmasi Big Data loyihalari va raqamli reklamasi faoliyatida foydalanadi.
Hamkorlikning ushbu yangi yo‘nalishi VEON AdTech raqamli bo‘linmasidagi ma’lumotlar xavfsizligini yuqori standartlarga rioya qilgan holda samarali rivojlantirish imkonini beradi.
Ma’lumotlar markazi bulutli yechimlarni raqamli operator va ularning mijozlari uchun qulayroq qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter