Vinisius Junior «Real» bilan yangi shartnoma imzolaydi

«Real Madrid» hujumchisi Vinisius Junior klub bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Bu haqda «ESPN» nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yiliga 20 million yevro maosh oladi. Soliqlarni inobatga olganda, bu summa 30 million yevrogacha yetishi mumkin.
Yangi shartnoma tuzilgandan so‘ng, Vinisius «Real» tarkibida eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
Hozirdagi amaldagi shartnoma 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Yangi kelishuv esa 5 yil muddatga tuzilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter