Voyaga yetmaganlarga mashina boshqarishga ruxsat berganlik uchun jazo kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bolalarga avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsat bergan shaxslarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan maktab ta’limi tizimidagi islohotlar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari, xususan, Namanganda o‘quvchilarga mashina ijarasiga berish holatlari keng tarqalganini, bu esa har oyda o‘rtacha 10−15 nafar bolaning jarohat olishiga, ayrim hollarda esa ularning halok bo‘lishiga sabab bo‘layotganini qayd etdi. Shu munosabat bilan, u bolalarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqishni topshirdi.
Yig‘ilishda shuningdek, maktab o‘quvchilarining smartfonlarga ortiqcha muhtoj bo‘lib qolayotgani, ota-onalar va ustozlarning bu boradagi mas’uliyati, shuningdek, ichki ishlar va prokuratura organlarining qonun ustuvorligini ta’minlashdagi sustkashligi ham muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter