Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘g‘uliston poytaxtida 60 tonna gaz ortilgan yuk mashinasi portlab ketdi (video)

Mo‘g‘uliston poytaxtida 60 tonna gaz ortilgan yuk mashinasi portlab ketdi (video)

Foto: nnews.mn

Mahalliy News.mn portalining yozishicha, voqea joyiga qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar jalb etilgan, qurbonlarning aniq soni hozircha noma’lum.

Favqulodda vaziyatlar xizmatining 3 nafar xodimi halok bo‘lgani, 20 ta mashina yonib ketgani, yana ikki nafari bedarak yo‘qolganligi aytilmoqda.

Mahalliy portal ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi kuchli portlash tufayli uchib ketgan. Olovning tez tarqalishi tufayli bir nechta avtomobil yonib ketgan, yong‘in yaqin atrofdagi turar-joy binosiga ham o‘tgan.

Yuk mashinasi haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, ushbu favqulodda holatga boshqa avtomobil bilan to‘qnashuv sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring