Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

X avlodi nima uchun eng ko‘p pul sarflaydi?

X avlodi nima uchun eng ko‘p pul sarflaydi?

foto: Rates

X avlodi vakillari(1965-1980-yillarda tug‘ilgan) iste’mol bozorida asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylandi.

«Report»ning yozishicha, Nielsen tadqiqot natijalariga ko‘ra, birgina AQShda bu avlod vakillari (2025-yil) mahsulot va xizmatlarga jami 15,2 trillion dollar sarflaydi.

Tadqiqotchilar X avlodi izchillikni hamma narsadan ustun qo‘yishini, o‘z tajribasiga asoslangan qarorlarni qabul qilishini va impuls iste’molidan qochib, pulni isrof qilmaslikka harakat qilishini ta’kidlaydilar, ya’ni ular ko‘p pul sarflagani bilan foydali xaridni afzal ko‘rishadi.

Yosh avlodlar Y–milleniallar (1981-1996 yillarda tug‘ilgan) ko‘pincha yangi tajribalarni xohlaydi va mablag‘ini shu yo‘lda sarf qiladi, Z–zummerlar esa (1997-2012-yilda tug‘ilgan) jamoatchilik fikriga asoslanib qaror qabul qiladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Internet keng tarqalgunga qadar yashagan, lekin unga tez moslashib ketgan X avlodining iste’molchi sifatidagi xatti-harakati ham oflayn, ham onlayn ma’lumot va xarid qilish kanallarini birlashtirish imkonini beradi.

Mutaxassislarning fikricha, bu chakana sotuvchilar, xaridorlar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi, iste’mol va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring