«Xabar.uz» muxbiri «Oltin qalam» mukofotini qo‘lga kiritdi
![«Xabar.uz» muxbiri «Oltin qalam» mukofotini qo‘lga kiritdi](http://static.xabar.uz/crop/5/1/720_460_95_515080043.jpg)
Bugun, 3 may kuni «Turkiston» saroyida jurnalistika sohasida yuksak mukofot – «Oltin qalam» XIV Milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning internet-jurnalistika yo‘nalishida eng yaxshi jurnalistik materiallari uchun «Xabar.uz» muxbiri Barno Sultonova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/8/720__OuvSMdvG5rDbSQWBioFbR8v6I3v5HWXE.jpg)
G‘oliblar bilan tanishing:
Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot
Xalqaro Press-klub (rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev) va «O‘zbekiston-24» teleradiokanali (direktor Madamin Safarov)
Asosiy nominatsiyalar:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye)
1-o‘rin – «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» axborot-tahliliy ko‘rsatuvi (muallif va boshlovchilar: S.Bahodirov, A.Po‘latov)
2-o‘rin – «O‘zbekiston» telekanalining «Munosabat» ko‘rsatuvi (mualliflar: Quddus A’zamov, Nurali Oripov)
3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Xabarlar» informatsion dasturi ijodiy jamoasi (guruh rahbari: Venera Sariyeva)
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio)
1-o‘rin – Nargiza Kamolova , «Yoshlar» teleradiokanali bosh muharriri
2-o‘rin – Avaz Igamberdiyev, «Ruxsor FM» radiosi bosh muharriri
3-o‘rin – Feruza O‘ktamova, Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi birinchi toifali muharriri
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (matbuot)
1-o‘rin – «Jahon adabiyoti» jurnali (bosh muharrir Ahmadjon Meliboyev); «Ishonch» va «Ishonch doveriya» gazetalari (bosh muharrir H.Ermatov)
2-o‘rin – «Kitob dunyosi» gazetasi tahririyati (bosh muharrir X.Rustamova)
3-o‘rin – Moroz Yuliana, «Pravda vostoka» gazetasi muxbiri
![](https://static.xabar.uz/uploads/8/720__Lm1j-k3WWmdBGU8_dANhj4EE2554ILIh.jpg)
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet)
1-o‘rin – Barno Sultonova, xabar.uz
2-o‘rin – Kumar Begniyazova, kar24.uz
3-o‘rin – Sayyora Shoyeva, O‘zA
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar
Chet ellik jurnalistning O‘zbekistondagi eng yaxshi materiali uchun – Jereme Xed, jurnalist va teleboshlovchi (Buyuk Britaniya)
Mehnat munosabatlarini yoritishdagi eng yaxshi material — «Ma’rifat» gazetasi muxbiri Xayriddinmurod Abulfayziyev
Ijtimoiy sheriklik mavzusidagi eng yaxshi material uchun — «Hurriyat» gazetasi xodimi Jobir Xo‘jaqulov
Inson huquqlari to‘g‘risidagi eng yaxshi material uchun – Sanjar Eshmurodov («Mahalla» gazetasi muxbiri)
Eng yaxshi fotoreportaj uchun – Hakim Yo‘ldoshev («Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari fotomuxbiri)
Eng yaxshi matbuot xizmati – O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati (rahbari – Furqat Sanayev)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter