Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro jurnalistlar endi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlanadi

Xalqaro jurnalistlar endi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlanadi

Foto: «Kommersant.uz»

Avval xabar berganimizdek, kecha, 5-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan edi.

Farmonga ko‘ra bir oy muddatda JIDU faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlanadi. Loyihada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)da «Xalqaro iqtisodiyot va menejment» hamda «Xalqaro jurnalistika» mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlari joriy qilinadi.

Ushbu vazifalarning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vaziri A.Aripov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.Mahmudov, Prezident Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Mavlonov va Tashqi ishlar vaziri A.Komilov zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur islohotlar 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring