Xavfli jinoyatda ayblangan shaxs Polshadan olib kelindi

O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi.
O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, mamlakatimiz elchixonasi va Polshaning tegishli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro A.A mazkur mamlakat hududida qo‘lga olindi va yurtimizga qaytarildi.
A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan bo‘lib, u O‘zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.
"Qonun oldida hamma teng. Jinoyat sodir etgan har qanday shaxs albatta javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston elchixonasi barcha fuqarolarni qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi", – deyiladi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi e’lon qilingan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter