Xiaomi rahbari qaysi smartfonlardan foydalanadi?
![Xiaomi rahbari qaysi smartfonlardan foydalanadi?](http://static.xabar.uz/crop/4/2/720_460_95_427662986.jpg)
Xiaomi rahbari Ley Szyun Weibo (Xitoy ijtimoiy tarmog‘i)da o‘zi foydalanayotgan smartfonlarning suratlarini joyladi — to‘rtta smartfon.
Szyun o‘z postida shunday yozdi: «Ehtimol payqagandirsiz, Weibo da post joylashda har xil smartfonlarni ishlataman. Ba’zilar telefonlarimni tez-tez almashtirishimdan shubhada. Aslida ular yonimda, stolimda turibdi, shunchaki qaysi biri qo‘limga ilashsa, shunisini ishlataman».
![](https://xabar.uz/static/uploads/50/720__II2EbMzWXl0i4q739gYQ1HJjTInzRGV2.jpg)
Szyunning stolidagi smartfonlar — Xiaomi 12, Xiaomi Mi 11 Ultra, Redmi Note 11T Pro va Xiaomi Civi. Ya’ni hammasi kompaniyaning o‘zi ishlab chiqqan smartfonlar.
Darvoqe, 2020-yilda Xiaomi rahbari iPhone ishlatayotib «qo‘lga tushgandi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter